TA'LIM JARAYONIDA IT YECHIMLARI ORQALI DUAL TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISH VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BILAN UZVIY BOG'LANISHNING XALQARO TAJRIBASI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida IT yechimlari asosida dual ta’lim tizimini raqamlashtirishning samaradorligi, boshqaruv mexanizmlari hamda kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, raqamli boshqaruv, ta’limni boshqarish tizimlari va analitik vositalar orqali dual ta’lim jarayonini optimallashtirish masalalari yoritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiyani kuchaytirishda zamonaviy IT texnologiyalarining amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajriba asosida dual ta’lim tizimida samaradorlik ko‘rsatkichlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim sifatini oshirish va mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.