ONLAYN RAQAMLI TRENAJYORLAR YORDAMIDA MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL MUAMMOSIGA DOIR ADABIYOTLAR SHARHI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil o‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishda onlayn raqamli trenajyorlardan foydalanish muammosiga doir mahalliy va xalqaro ilmiy adabiyotlar sharhi (Literature Review) tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli pedagogika, masofaviy ta’lim, virtual simulyatorlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan xorijiy, MDH va o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning ilmiy qarashlari qiyosiy o‘rganilgan. Adabiyotlar tahlili asosida an’anaviy mustaqil topshiriqlarning cheklovlari ko‘rsatib o‘tilib, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni (hard skills) shakllantirishda onlayn trenajyorlarning didaktik roli asoslangan. Shuningdek, mavzu doirasida o‘rganilmagan ilmiy bo‘shliqlar (research gaps) aniqlanib, kelgusi tadqiqotlar uchun uslubiy yo‘nalishlar belgilangan.