IJTIMOIY-EMOTSIONAL TA'LIMNING O'QUVCHILAR SHAXSIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada ijtimoiy-emotsional ta’limning o‘quvchilar shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni, uning pedagogik va psixologik asoslari, zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning emotsional barqarorligi, kommunikativ kompetensiyasi va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ijtimoiy-emotsional ta’limning o‘quvchilarda empatiya, o‘zini boshqarish, mas’uliyat, stressga bardoshlilik, jamoada ishlash va konfliktlarni tinch yo‘l bilan hal qilish kabi kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimida ijtimoiy-emotsional ta’limni joriy etishning dolzarbligi va istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.