IJTIMOIY-EMOTSIONAL O'QITISH METODIKALARINI SAMARALI TASHKIL ETISH ZAMON TALABI!
Authors/Creators
Description
Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari tez rivojlanayotgan davrda yosh avlodni nafaqat bilimli, balki ma’naviy barkamol, hissiy jihatdan barqaror va ijtimoiy mas’uliyatli etib tarbiyalash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, dunyo ta’lim tizimida keng qo‘llanayotgan SEL (Social–Emotional Learning) — ijtimoiy-emotsional o‘qitish metodikalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu metodika o‘quvchilarda hissiyotlarni boshqarish, samarali muloqot qilish, jamoada ishlash, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda mas’uliyatli qaror qabul qilish kabi hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.