BOYSUN CHO'LBAIR TOG'LARIDA O'SIMLIKLARNING BALANDLIK MINTAQALARI BO'YLAB TARQALISHINI O'RGANISH
Authors/Creators
Description
Ushbu tezisda Boysun cho‘lbairi tog‘larida o‘simliklarning balandlik mintaqalari bo‘ylab tarqalish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hududning tabiiy-iqlimiy sharoiti, relyef xususiyatlari hamda ekologik omillarning o‘simlik qoplamiga ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, balandlik ortishi bilan o‘simlik turlarining tarkibi va zichligi o‘zgaradi. Past hududlarda cho‘l o‘simliklari, o‘rta mintaqalarda butazor va o‘tloq o‘simliklari, yuqori balandliklarda esa alp va subalp o‘simliklari ustunlik qiladi. Tadqiqot hudud florasini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish bo‘yicha muhim ilmiy xulosalar beradi.