ZIYORAT HUDUDLARINI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING SMART MODELI
Authors/Creators
Description
Bugungi kunda ziyorat turizmi O‘zbekiston turizm salohiyatida strategik yo‘nalish bo‘lib, diniy-madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarning iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Ziyoratchilar oqimining ortishi yangi ish o‘rinlari yaratish va xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda turizmning istiqbolli: ziyorat, tarixiy-madaniy, rekreatsion, ta’lim, gastronomik yo‘nalishlarini tashkil etish va rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. 2023-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 58-bandida mamlakatimizda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish masalasi va mazkur masala doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan[1]. Ulardan biri esa ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirishdan iborat.
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida: [2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son] // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — 2023. — 12.09.2023-y., 06/23/158/0694-son.