Published May 14, 2026 | Version v1

RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ZAMONAVIY DIDAKTIK MODELLARDAN FOYDALANISHNING SHART-SHAROITLARI: XORIJ TAJRIBASI

Description

Mazkur maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalari hamda raqamlashtirish jarayonlarining pedagogik faoliyatga ko‘rsatayotgan kompleks ta’siri tizimli tahlil qilinadi. Xususan, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi natijasida o‘qitishning mazmuni, shakllari va metodlarida yuz berayotgan sifat o‘zgarishlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Shu bilan birga, zamonaviy didaktik modellarning konseptual asoslari, ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda raqamli muhitda qo‘llash imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada blended learning, flipped classroom, masofaviy ta’lim va kompetensiyaviy yondashuv kabi ilg‘or didaktik modellarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish, ta’lim jarayonini individuallashtirish hamda raqamli ta’lim resurslarini samarali integratsiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Files

1 (55).pdf

Files (261.0 kB)

Name Size
md5:68325177b95073f61d5ea2ee8f82c4b6
261.0 kB Preview Download