Published May 9, 2026 | Version v1

OʻZBEKISTON HUDUDLARINING TURIZM IMKONIYATLARI VA UNING AHOLI BANDLIGIGA TA'SIRI

Authors/Creators

Description

Turizm oʻzining koʻp qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta'sir oʻtkazadi, iqtisodiyotning koʻpgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tugʻdiradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yoʻl qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kommunal xoʻjaligi, maishiy xizmat koʻrsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Shuningdek, turizmni rivojlantirish bir vaqtning oʻzida oʻziga xos dam olish, hordiq chiqarish, koʻngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, oʻz oʻrnida sayyohlarga sifatli xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq bir qator sohalarni ham qamrab oladi. Aksariyat davlatlarda turizm iqtisodiyotining muhim hamda ustuvor tarkibiy qismi sanalib, mahalliy aholining ish bilan bandligi, mehmonxonalar, restoran va tomoshagohlarning toʻliq ishlashi, xorij valyutasining mamlakatga kirib kelishini ta'minlaydi. Shu bois, koʻplab mamlakatlar turizm sohasiga katta e'tibor bilan qaraydilar. Turizmning ichki iqtisodiy tabiati shuni koʻzda tutadiki, turist albatta oʻz pullarini mazkur davlatda qoldirishi kerak. Turizm mahalliy turistik resurslarni ekspluatatsiya qilishga va buning evaziga davlatning foyda olishiga asoslanadi.

Files

M-Maxsus son-18.pdf

Files (491.2 kB)

Name Size
md5:4435ecf8c96a944e64d989d48b45099a
491.2 kB Preview Download