Published May 9, 2026 | Version v1

OʻZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA COMMUNITY-BASED TOURISM MODELINING AHAMIYATI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada qishloq turizmini barqaror rivojlantirishda hamjamiyatga asoslangan turizm (Community-based tourism – CBT) modelining ahamiyati hamda uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda jahon amaliyotida qo‘llanilayotgan hamjamiyatga asoslangan turizm modeli o‘rganilib, uning qishloq hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyati yuqori bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Xorazm hududlarida qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada mahalliy aholi ishtirokini kuchaytirish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini rivojlantirish, agro-turizm loyihalarini joriy etish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hamjamiyatga asoslangan turizm modelini joriy etish qishloq hududlarida bandlikni oshirish, mahalliy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda madaniy va tabiiy merosni asrab-avaylashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi asoslab berilgan.

Files

M-Maxsus son-10.pdf

Files (857.0 kB)

Name Size
md5:1102f5bf0e5abf9e31024a147051a8b1
857.0 kB Preview Download