OCHIQ INNOVATSIYALAR ASOSIDA KORXONA RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISH UCHUN DASTURIY PLATFORMA: ARXITEKTURA VA FUNKSIONAL IMKONIYATLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada ochiq innovatsiyalar (Open Innovation) konsepsiyasini korxona raqobatbardoshligini boshqarishda qo'llab-quvvatlovchi ixtisoslashtirilgan dasturiy platforma yaratishning asosiy tamoyillari, arxitekturasi va funksional imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda mikroserfislar arxitekturasiga asoslangan platforma modeli taklif etilgan bo'lib, u g'oyalar banki (Idea Hub), ko'p mezonli baholash tizimi, sun'iy intellekt asosida tavsiya mexanizmi va real vaqt monitoringi kabi modullarni o'z ichiga oladi. Maqolada platforma tanlashning texnologik stakini, ma'lumotlar modeli, API integratsiya yechimlarini va foydalanuvchi interfeysi tamoyillarini asoslash bo'yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Taklif etilayotgan platforma ochiq innovatsiyalar jarayonini raqamlashtirish va korxona raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.