TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda barkamol va yetuk shaxsni tarbiyalashning mazmun-mohiyati, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda qadriyatga yo‘naltirilgan ta’limning ilmiy-metodik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, talabaning jamiyatda kechayotgan voqea va jarayonlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlarda faol qatnashuvini ta’minlash orqali uning qadriyatlarga oid madaniyatini boyitish masalalari ochib beriladi. Mazkur jarayonlar natijasida umuminsoniy qadriyatlarga tayanadigan, professional kompetentligiga ega bo‘lgan, jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan mutaxassislarni tayyorlashning samarali yo‘llari asoslab beriladi.