ZAMONAVIY TA'LIM SHAROITIDA OTA-ONA – OʻQUVCHI – OʻQITUVCHI ZANJIRINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada zamonaviy ta'limning gibrid shakli (blended learning) sharoitida ta'lim jarayoni ishtirokchilari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni optimallashtirish masalalari tadqiq etiladi. Maqolada masofaviy va an'anaviy ta'lim muhiti kesishgan nuqtada “ota-ona – oʻquvchi – oʻqituvchi” zanjirining barqarorligini ta'minlovchi pedagogik va texnologik mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif tomonidan gibrid ta'limda ota-onaning oʻrni passiv kuzatuvchidan faol “fasilitator” darajasiga koʻtarilishi zarurligi asoslab berilgan. Maqolada raqamli platformalar orqali muloqotni tizimlashtirish, oʻquvchining mustaqil ishini monitoring qilish va oʻqituvchining oila bilan qayta aloqasini raqamli drayverlar yordamida takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.