KIBERXUJUM: YOSHLARNI KIBERXUJUMDAN HIMOYA QILISH ASOSIDA ULARDA VATANPARLIK VA BAGʻRIKENGLIK TUSHUNCHALARINI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
Yoshlarda vatan tuygʻusini tarbiyalash, ajdodlar oʻtmishi, kechinmalari, madaniyati jahon fan va madaniyati sohasida tutgan oʻrni haqida ma'lumot berish muhum ahamiyatga ega. Shaxsni tarbiyalash eng dolzarb ijtimoiy va pedagogik muommo hisoblanadi. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablari asosida tarbiyalashda ta'lim sub'ektlari oʻrtasidagi uzluksizlikni hamda fan predmetlari oʻrtasidagi integratsiyani ta'minlash zaruriti mavjud. Inson oʻzi oʻzida ezgulikni yaratish, ma'naviy yuksalish uchun mas'ul, ammo shu bilan birga insonnning yuksalishida ta'limning roli nihoyatda katta ekanligini inkor etib boʻlmaydi. Inson tarbiyasi masalasi, ularni nuqsonlardan, hayvoniy qusurlardan qutqarish ajdodlarimizning azaliy qaygʻusi boʻlib kelgan.