STATISTIK MA'LUMOTLARNI JAMLASH NAZARIYASI VA AMALIYOTINI O'QITISHDA INTERAKTIV VA AMALIY YONDASHUVLARNING AHAMNIYATI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada statistik ma’lumotlarni jamlash nazariyasi va amaliyotini o‘qitishda interaktiv va amaliy yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan. Statistik bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida talabalarni faollashtirish, ularning analitik va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada an’anaviy o‘qitish usullarining cheklangan jihatlari tahlil qilinib, interaktiv metodlar hamda amaliy topshiriqlardan foydalanish orqali o‘quv jarayonini samarali tashkil etish yo‘llari asoslab berilgan. Shuningdek, statistik ma’lumotlarni jamlash bosqichlarini real misollar asosida o‘rgatish talabalar tomonidan mavzuning chuqurroq anglanishiga xizmat qilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada interaktiv va amaliy yondashuvlar statistikani o‘qitishda muhim pedagogik omil ekanligi xulosa qilinadi.