O'ZBEKISTONDA ISLOM MOLIYASINI JORIY ETISHNING ZARURATI VA IQTISODIY SHART-SHAROITLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada O‘zbekistonda islom moliyasini joriy etishning dolzarbligi, uning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati hamda amaliy tatbiqi uchun mavjud shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Jahon moliya tizimida islom moliyasining barqaror o‘sishi va inqirozlarga nisbatan chidamliligi fonida, mazkur tizimni milliy iqtisodiyotga integratsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonda aholining diniy qadriyatlari, moliyaviy inklyuziya darajasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash zarurati asosiy omillar sifatida yoritilgan. Shuningdek, mamlakatda islom moliyasini rivojlantirish uchun huquqiy-me’yoriy baza, institutsional infratuzilma va kadrlar salohiyatini shakllantirish muhimligi asoslab berilgan.