Published April 19, 2026 | Version v1

OʻZBEKISTONDA MUNITSIPAL MULKNI BOSHQARISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA ISTIQBOLLARI

Description

Maqolada Oʻzbekistonda munitsipal mulkni boshqarishning nazariy, iqtisodiy va huquqiy asoslari kompleks tarzda tahlil qilingan. Munitsipal mulk tushunchasining mazmuni, uning hududiy taraqqiyotdagi iqtisodiy vazifalari, aktivlarni hayotiy sikl asosida boshqarish, inventarizatsiya, hisobdorlik va moliyaviy barqarorlik kabi nazariy yondashuvlar ochib berilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida munitsipal mulk boshqaruvi Fuqarolik kodeksi, “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida”gi Qonun, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonun, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun va budjet qonunchiligi orqali tartibga solinishi koʻrsatilgan. Statistik ma'lumotlar asosida munitsipal korxonalarning hajmi, mahalliy moliyaviy resurslarning munitsipal mulkni saqlash va rivojlantirishdagi roli tahlil qilingan. Maqola muallifning munitsipal aktivlar reyestri, ularni KPI asosida boshqaruv, raqamlashtirish va aktivlarning hayotiy sikli boʻyicha rejalashtirishni kuchaytirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflari ishlab chiqilgan.

Files

M-24.pdf

Files (640.3 kB)

Name Size
md5:eecd7b24c433204f1f279ba21f36eb11
640.3 kB Preview Download