TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O'QITISHDA RAQAMLI PLATFORMALARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada texnik tizimlar yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga axborot texnologiyalarini o‘qitishda raqamli platformalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida zamonaviy raqamli vositalar, onlayn ta’lim muhitlari va interaktiv metodlarning o‘quv jarayoniga ta’siri o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli platformalar yordamida tashkil etilgan darslar talabalarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi, bilimlarni tezroq o‘zlashtirishga yordam beradi hamda o‘quv motivatsiyasini oshiradi. Shuningdek, o‘qitish jarayonida moslashuvchanlik va samaradorlik darajasi ortadi. Tadqiqot natijalari asosida raqamli platformalardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.