KORXONALARNING YASHIL MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISHDA SUN'IY INTELLEKT VA MA'LUMOTLARNI TAHLIL QILISH VOSITALARINING ROLI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada korxonalarning yashil marketing strategiyasini ishlab chiqishda sun'iy intellekt (SI) va ma'lumotlarni tahlil qilish vositalarining oʻrni va ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalarida SI texnologiyalari, xususan mashinali oʻrganish, tabiiy tilni qayta ishlash va prediktiv tahlil usullarining yashil marketing strategiyalarini optimallashtirish va iste'molchilar xulq-atvorini bashorat qilishdagi samaradorligi isbotlangan. Tadqiqotda katta hajmdagi ma'lumotlar (Big Data) tahlili, sentiment tahlili va shaxsiylashtirilgan marketing yondashuvlarining atrof-muhit barqarorligiga ta'siri nazariy va amaliy jihatdan asoslangan.