TUZILMALANMAGAN HUJJAT TASVIRIDA QO'LYOZMALI IMZO SOHASINI AJRATIB OLISH ALGORITMI
Authors/Creators
Description
Ushbu ishda tuzilmalanmagan hujjat tasvirlarida qo‘lyozmali imzo sohasini avtomatik aniqlash va ajratib olish masalasi ko‘rib chiqilgan. Taklif etilgan algoritm morfologik amallar, adaptiv filtratsiya va segmentatsiya bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda 2500 dan ortiq imzolangan hujjat tasvirlari ustida tajriba o‘tkazilib, algoritmning samaradorligi aniqlash mezonlari orqali baholandi. Natijalar algoritmning yuqori aniqlikka ega ekanini, shuningdek, bosma matn, shtamp va fon bilan aralashgan holatlarda ham imzo sohasini to‘g‘ri ajrata olishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan algoritm avtomatlashtirilgan hujjat tasnifi, imzo verifikatsiyasi va raqamli arxiv tizimlarida qo‘llanishi mumkin.