FIZIKA TA'LIMIDA RAQAMLI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING PEDAGOGIK ZARURIYATI VA DIDAKTIK O'RNI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada fizika ta’limida raqamli innovatsion texnologiyalarning pedagogik zaruriyati va didaktik o‘rni yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning o‘quv jarayoniga ta’siri, ularning samarali o‘qitishdagi roli hamda fizika darslarida qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli vositalarning afzalliklari tahlil etilgan. Shuningdek, o‘qituvchining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zarurligi, raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi faolligini oshirish va mustaqil fikrlashni shakllantirish imkoniyatlari bayon qilingan. Maqolada fizika fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalar, interaktiv simulyatsiyalar, sun’iy intellekt va AR/VR texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari, ularni qo‘llash tamoyillari hamda o‘quv jarayoniga integratsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari ochib berilgan.