SUN'IY YO'LDOSH TASVIRLARI VA MODELLASH TIZIMLARINING INTEGRATSIYASI ASOSIDA ATMOSFERA IFLOSLANISHINI BAHOLASH YONDASHUVI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada atmosfera ifloslanishini baholashda sun’iy tasvirlari va matematik modellashtirish tizimlarining integratsiyalashgan yondashuvi o‘rganilgan. Tadqiqotda Sentinel sun’iy yo‘ldoshi ma’lumotlari GEE bulutli hisoblash platformasi orqali, NO₂ gazining mufassal va vaqt bo‘yicha tarqalishi aniqlangan. Olingan natijalar GAT dasturi yordamida vizual xaritalashtirilgan va shahar hududidagi ifloslanish nuqtalari belgilangan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundaki, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va matematik adveksiya–diffuziya modellarining integratsiyasi orqali atmosfera ifloslanishini aniq monitoringi va bashorat qilish imkoniyati yaratilgan. Natijalar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, transport va sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.