Published December 4, 2025 | Version v1

JAMIYAT RIVOJI VA BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA AYOLLARNING O`RNI

Authors/Creators

Description

Bugungi shiddatli zamonimizda Yangi O`zbekistonda  ko`p sohalarda olib borilayotgan islohotlar natijasida yuksak taraqqiyot yuz bermoqda. Bu esa jamiyatimiz rivojida asosiy omil bo`lib xizmat qilmoqda. Jamiyatning barcha qatlami bu jarayonda faol ishtirok etib, yurt ravnaqi, kelajagi uchun fidokorona xizmat qilmoqda. Bu o`rinda ayollarning  jamiyatdagi mavqeyini alohida ta`kidlash maqsadga muvofiq. Ma`lumki, barcha zamonlarda o’zbek xalqida xotin-qizlarga alohida munosabat bo`lgan. Shunga ko’ra aytish mumkinri,  hozirgi paytda ayollarning siyosat maydonida faol ishtiroki qadimdan mavjud  Tarixga nazar solsak, buyuk sarkarda Amir Temur ham o`z davrida davlat boshqaruvida Bibixonimdan maslahat olgani, tang ahvolda undan madad so`ragani,  Bobur Mirzoning 12 yoshida taxtga o`tirishi hamda onasi Qutlug`nigor oyimning ko`magida davlatni boshqarishi yoki Nodiraning Amir Umarxon vafotidan  so`ng mamlakat ishlarini oqilona boshqargani, Tomarisning Kir IIga qarshi jangi va g`alabasi ajdodlarimizning aql-u zakosidan dalolat. “Oqqan daryo oqaveradi”, deganlaridek,  bugungi kun    yurtimiz siyosiy maydonida ham o`z o`rniga ega bo`lgan bir qancha rahbar-ayollar : S.Mirziyoyeva, T.Norboyeva, H.Umarova va boshqalari davlat boshqaruvida faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 2mingga yaqin davlat va  jamoat tashkilotlarida ayollar rahbarlik qilmoqda[1].  Bu ko`rsatkich ayollarning jamiyatda qanchalik faol ekanliklari isbotidir.  So`nggi yillarda ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qancha qonun hujjatlari qabul qilindi. Shu bois  bugungi kunda ayollarga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, nufuzini mustahkamlash, yetarli shart-sharoit yaratish  alohida ahamiyatga ega.


[1] Komilova M. 2 mingga yaqin xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida ishlayapti// http://nhrc.uz/oz/news/m10415

Files

2.12.pdf

Files (170.7 kB)

Name Size
md5:3eb2186e5708a364512023b93ffac0fc
170.7 kB Preview Download