KICHIK KORXONALARDA XODIMLARNI BOSHQARISH TIZIMIDA TEXNOLOGIYALARNI JORIY QILISH VA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: TENDENSIYALAR, MUAMMOLAR VA IMKONIYATLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada kichik korxonalarda xodimlarni boshqarish tizimida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va raqamli transformatsiya jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson resurslarini boshqarishda raqamli yechimlardan foydalanish samaradorlikni oshirish, qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish hamda mehnat unumdorligini ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, kichik korxonalarda raqamli transformatsiyani amalga oshirishda uchraydigan asosiy muammolar — texnologik infratuzilmaning yetarli emasligi, raqamli kompetensiyalarning pastligi va moliyaviy cheklovlar kabi omillar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kichik biznes subyektlari uchun inson resurslarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.