FANLARNI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKTNING KIRIB KELAYOTGANLIGI
Description
Kelajakdagi vrachlar – tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining sun’iy intellekt (bundan keyin – SI) texnologiyasiga bo‘lgan munosabatiga oid tadqiqotning dolzarbligi SI tizimlarining nafaqat ta’lim jarayoniga, balki klinik va diagnostik amaliyotga ham joriy etilishi bilan belgilanadi. Shaxsning axborot madaniyati mazmunini aks ettiruvchi axborot amaliyotlari va SI ta’rifini aniqlashdagi afzallik o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi haqidagi gipoteza tasdiqlandi. Maqsad tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalarining axborot madaniyatining asosiy tarkibiy qismi sifatida turli xil axborot manbalaridan foydalanish amaliyotlari va ularning SIni tushunishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tavsiflashdan iborat. Tibbiyot universitetining birinchi ikkinchi va uchunchi kurs talabalari hamda professor o‘qituvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari (n = 217) keltirilgan.