TA'LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA FORMATIF BAHOLASHNING ROLI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada formatif baholashning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va uning o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga ta’siri keng yoritilgan. Formativ baholash nafaqat o‘quvchilarning mavjud bilim darajasini aniqlash, balki ularning individual rivojlanishini muntazam kuzatib borish, bilim olish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yib, ta’lim jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, formatif baholash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi, ularning o‘z bilimiga tanqidiy qarashini shakllantiradi hamda shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirilgan individual yondashuvni qo‘llashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Tadqiqotda formatif baholashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytirish va ularni faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi afzalliklari ilmiy tahlil etilgan.