OLIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH KO'RSATKICHLARI TAHLILINING ZAMONAVIY TALQINI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni tahlil qilishning zamonaviy yondashuvlari o‘rganilgan. Tadqiqotda oliy ta’limning sifat va samaradorlik darajasini baholashda qo‘llaniladigan asosiy indikatorlar — qamrov darajasi, ta’lim sifati reytinglari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligi, ilmiy-tadqiqot salohiyati hamda xalqaro reytinglarda oliy ta’lim muassasalarining o‘rni kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi.
Zamonaviy talqin sifatida oliy ta’lim rivojlanishiga ta’sir qiluvchi global tendensiyalar — raqamlashtirish, xalqaro integratsiya, ta’lim xizmatlari sifatini oshirishning iqtisodiy va ijtimoiy omillari ko‘rib chiqiladi. Tahlilda innovatsion yondashuvlar, masofaviy ta’limning rivojlanishi, kompetensiyaga asoslangan yondashuv va davlat-hususiy sheriklikning ahamiyati alohida e’tiborga olingan.
Oliy ta’lim tizimida islohotlar samaradorligini oshirish, strategik rivojlanish dasturlarini takomillashtirish hamda xalqaro tajriba asosida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.