YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISHDA QISHLOQ XO'JALIGI YERLARIDAN FOYDALANISH TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Authors/Creators
Description
Jahonda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish tizimini modernizatsiya qilishni takomillashtirishga oid ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. “Yer fondini saqlab qolish va ulardan foydalanishni tartibga solish, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchi xo‘jaliklarning aholi bandligini ta’minlash va daromad manbai sifatidagi rolini oshirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va taqsimlash, mahalliy va global bozorlarda oziq-ovqat barqarorligini ta’minlash, yangi texnologiyalar, yashil iqtisodiyot mezonlarini joriy qilish, atrof-muhitga moslashuvchan yondashuvni qo‘llab-quvvatlash, tabiiy resurslardan, shu jumladan yer resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishni ta’minlash masalalari bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.[1]