SMART UNIVERSITET MODELINING O'ZBEKISTONDAGI OLIY TA'LIMGA MOSLASHUVI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O’zbekiston oliy ta’lim tizimida smart universitet konsepsiyasini joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, mavjud texnologik va institutsional imkoniyatlar, shuningdek, duch kelinayotgan muammolar yoritilgan. Smart universitet modeli orqali ta’lim sifatini oshirish, raqamli infratuzilmani kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni o’quv jarayoniga integratsiyalash masalalari tahlil qilinadi. Elektron ta’lim, sun’iy intellekt, IoT kabi texnologiyalar asosida oliy ta’limni modernizatsiya qilishning istiqbollari ko’rib chiqiladi.