KASBIY KOMPETENSIYA VA UNING TARKIBIY QISMLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada kasbiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning huquqshunoslik, ijtimoiy va ta’lim sohalaridagi turli talqinlari, tarkibiy qismlari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, kompetensiyaning nazariy, amaliy, intellektual, kommunikativ, ijtimoiy va shaxsiy turlariga alohida e’tibor qaratiladi. Muallif tomonidan kasbiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirishda ta’lim, tajriba, mentorlik va o‘z-o‘zini tahlil qilish kabi yo‘llar samarali deb baholanadi. Maqolada kasbiy kompetensiyaning shaxsiy va professional rivojlanishga ta’siri ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.