Published June 27, 2025
| Version v1
Conference paper
Open
O'ZBEK TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUVLAR VA ULARNING SAMARADORLIGI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada o‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi va ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi o‘rganiladi. Zamonaviy metodlar, jumladan interaktiv ta’lim, kommunikativ yondashuv, loyiha asosida ta’lim hamda raqamli texnologiyalardan foydalanish kabi usullar ona tilini o‘rgatishda o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Maqolada pedagoglarning ushbu yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishdagi tajribalari va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlarning samaradorligini oshirish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tiladi.