РАСПРОСТРАНЕНИЕ ПИОМЕТРЫ У КОШЕК РАЗНЫХ ПОРОД, ЭТИОЛОГИЯ, ТЕРАПИЯ И ПРОФИЛАКТИКА
Description
Mushuklarda piometr kasalligining tarqalishi, kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolash yo‘llarini o‘rganish, shuningdek, ushbu kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Tadqiqot davomida reproduktiv tizim kasalliklariga gumon qilingan turli yosh va zotga mansub 7 ta mushuk tekshiruvdan o‘tkazildi. Ulardan 4 ta holatda piometr tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bu umumiy tekshirilgan hayvonlarning 57% ni tashkil qiladi, shuningdek, yondosh kasalliklar ham aniqlangan: 15% - sut bezi o‘smasi, 15% - patologik tug‘ruq, 15% - tuxumdon polikistozi, 15% - endometrit, 43% holatda - sog‘lom hayvonlar. Qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hayvonlarda piometraga xos bo‘lgan quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi, ya’ni leykotsitoz (1 mkl da 20-50 ming hujayra va undan yuqori), leykotsitar formulaning chapga siljishi va qondagi mochevina miqdorining 40 - 280 mg% gacha oshishi xosdir.