RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BOSHQARUV XIZMATLARINI YANADA RIVOJLANTIRISH XUSUSIYATLARI, TENDENSIYALARI VA YO'LLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada boshqaruv xizmatlarini yanada rivojlantirish xususiyatlari, tendensiyalari va yoʻllari, raqamli iqtisodiyotning hozirgi holati va global tendensiyalari tahlil qilindi va Oʻzbekistonda uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari taklif etildi. Shuningdek, maqolada innovatsion ekotizim xizmatlarini boshqarish boʻyicha innovatsion infratuzilma obyektlariga nisbatan tadqiqotlar koʻrib chiqildi. Belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar hal etildi: boshqaruvga xizmat sifatida tavsif berish, uning an’anaviy menejmentdan farqlarini aniqlash va asosiy tamoyillarni belgilash; iqtisodiyotni transformatsiya qilish drayverlari bo‘lgan raqamli texnologiyalarni tahlil qilish; boshqaruv xizmati va raqamli servislar tushunchalarini bir-biriga bog‘lash, iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida ularning simbiozining afzalliklarini aniqlash. Shu asosda raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari va afzalliklari oʻrganilib, innovatsion ekotizimning raqamli boshqaruv xizmati xususiyatlari aniqlandi.