Published January 12, 2025 | Version v1

TALABALARDA VATANPARVARLIKNI ARTPEDAGOGIKA VOSITASIDA RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Description

Mazkur maqolada talabalar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish uchun artpedagogika vositalarini qo‘llash texnologiyalari tahlil qilinadi. Artpedagogika san’at va pedagogikaning integratsiyasi sifatida talabalarning estetik didi, milliy qadriyatlarga hurmati hamda Vatanga bo‘lgan mehrini shakllantirishda samarali ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tadqiqotda vatanparvarlikni rivojlantirish jarayonida san’atning musiqa, teatr, tasviriy san’at, kino va boshqa turlaridan foydalanish metodlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada artpedagogikaning texnologik yondashuvlari, jumladan, interaktiv mashg‘ulotlar, ijodiy loyiha faoliyati va o‘quvchilarning amaliy ishtiroki orqali vatanparvarlikni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik modellarning ahamiyati ochib beriladi. Ushbu texnologiyalar talabalarning nafaqat ma’naviy-madaniy, balki shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar oliy ta’lim muassasalari, pedagoglar va psixologlar uchun o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishda uslubiy asos sifatida foydalanilishi mumkin.

Files

1-145-152-Madaliyev Raxmiddin Ismoilovich.pdf

Files (681.0 kB)

Name Size Download all
md5:4c86f8a29f27f64a845073ffb28912ce
681.0 kB Preview Download