Published January 5, 2025 | Version v1

TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Description

Mazkur ilmiy ishda ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarining ahamiyati va ularga asoslangan pedagogik yondashuvlar o‘rganiladi. Axborot texnologiyalari (AT) nafaqat o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta'minlash, balki o‘qituvchilarning pedagogik malakasini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Axborot texnologiyalarini ta'lim tizimiga integratsiya qilish o‘quvchilarga interaktiv o‘qitish va shaxsiylashtirilgan ta'lim imkoniyatlarini yaratadi, ta'lim muhitini samarali va qiziqarli qiladi.

Ishda ATning ta'lim jarayonida qo‘llanilishi, uning o‘qitish metodlariga ta'siri va o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rivojlantirishda rolini tahlil qilishga alohida e'tibor qaratiladi. Shuningdek, pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalarni o‘qitishda samarali foydalanish usullari va o‘qituvchilarning ATdan foydalanishga tayyorgarligi masalalari o‘rganiladi.

Tadqiqotning nazariy qismi axborot texnologiyalarining pedagogik va psixologik asoslarini o‘z ichiga oladi, amaliy qismi esa o‘quvchilarning axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash va o‘qitish metodlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha tadqiqot natijalarini taqdim etadi.

Ushbu ish o‘qitishning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishda amaliy yondashuvlarni takomillashtirishda, ta'limda innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Files

1-193-201-Yoqubjonov Fayzullo Azimjon o`g`li.pdf

Files (583.6 kB)

Name Size
md5:4537906ea0c9baa965f2a6d2f5659496
583.6 kB Preview Download