O'ZBEKISTON RESHUBLIKASIGA KELGAN TASHQI TURISTLAR DINAMIKASINI STATISTIK TAHLILI
Authors/Creators
Description
O’zbekiston Respublikasiga har yili kelayotgan tashqi turistlar soni, tasodifiy dinamik qatorni tashkil etadi. Maqolada, Respublikamizga keyingi 13- yilda (2010-2022) kelgan tashqi turistlar soni, turg’in, diskret {Yt, tÎT} dinamik qator sifatida (O’ZSTAT ma’lumotlari bo‘yicha) matematik statistikaning dinamik qatorlar nazariyasi usullari bilan statistik tahlil qilinib, o’rtacha yillik kelayotgan tashqi turistlar soniga nuqtaviy, intervalli statistik baholar qurilgan. O’zbekiston Respublikasiga har yili kelayotgan tashqi turistlar sonini xarakter-lovchi trend qismi chiziqli bog‘lanishga ega ekanligi, geometrik izohlash, statistik tahlillar va kriteriyalar yordamida aniqlanib, chiziqli bog‘lanishda qatnashuvchi noma’lum parametrlar statistik ma’lumotlar asosida eng kichik kvadratlar usuli bilan baholangan. Kelgusi yillarda, o’rtacha keladigan tashqi turistlar soni 95% li kafolat bilan bashorat (prognoz) qilingan. Umumiy holda o’rtacha keladigan tashqi turistlar soni, avtokorrelyasion bog‘lanishga ega ekaligi, Darbin-Vatson kriteriyasi yordamida aniqlangan, ya’ni mazkur yildagi o’rtacha kelayotgan tashqi turistlar soni, o‘tgan yillarda kelgan turistlar soniga bog‘liq ekan.
Files
4.9.pdf
Files
(633.7 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d9801396a2f7863781a62e6385767d4c
|
633.7 kB | Preview Download |