SOGLOM TURMUSH TARZI ASOSLARINI AHOLIGA TADBIQ QILISH
Authors/Creators
Description
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ta'rifida bu to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holatidir. Sog'lom turmush tarziga amal qilishning dolzarbligi ijtimoiy hayotning murakkablashishi, texnogen, ekologik, psixologik, siyosiy xarakterdagi xavflarning oshishi, salomatlik holatida salbiy tasirni keltirib chiqarishi tufayli inson salomatligini saqlash bilan bog‘liqdir Sog'lom turmush tarzi bir nechta tarkibiy qismlardan iborat: To'g'ri sog'lom ovqatlanish va bu juda ko'p cheklovlarga ega qattiq dietalar emas, balki turli xil, muvozanatli ovqatlanish. Hozirgi vaqtda salomatlikni saqlash uchun eng mos bo'lganlardan biri.Yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va organizmning boshqa kasalliklarini oldini olish uchun iste'mol qilinadigan shakar va tuz miqdorini kamaytirish muhimdir. To'g'ri ovqatlanish energiyani sezilarli darajada oshiradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Jismoniy faollik esa hech kimga sir emaski, harakatsiz turmush tarzi bulib, nafaqat tez og‘irlik olish, balki turli kasalliklarning paydo bo'lishiga ham yordam beradi. Qulay va yoqimli mashg'ulotlarni topish muhimdir. Har kuni kamida bir soat harakatda bo'lish (taxminan 8000-10000 qadam) miyori hisoblanadi.