Published September 11, 2026 | Version v1

FRANSUZ TILI B1 DARAJA TIZIMI ASOSIDA OG'ZAKI NUTQ KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION USULLARI

Description

Mazkur maqolada fransuz tilini B1 darajada o‘rganuvchi talabalarning og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari hamda innovatsion usullari tahlil qilinadi. B1 daraja doirasida og‘zaki nutqni shakllantirishda kommunikativ vazifalar, juftlik va kichik guruhdagi hamkorlik, raqamli storytelling, “Sirli quti”, “Zakovat charxi”, “Arqon tortish”, rolli o‘yinlar, muammoli vaziyatlar va refleksiv baholash kabi usullarning didaktik imkoniyatlari ochib beriladi. Tadqiqotda B1 darajadagi og‘zaki ishlab chiqarish va og‘zaki o‘zaro ta’sirning mazmuni Yevropa tillar kompetensiyalari doirasi (CEFR)ning yangilangan deskriptorlari bilan bog‘liq holda yoritiladi. Shuningdek, innovatsion usullarni tanlashda lingvistik, psixologik, pedagogik va ijtimoiy-madaniy omillarning o‘zaro uyg‘unligi asoslab beriladi. Taklif etilgan metodik model talabaning mustaqil fikrlashi, fransuz tilida fikrni izchil bayon qilishi, suhbatdoshga munosabat bildirish, savol berish, aniqlashtirish, fikrni davom ettirish va kommunikativ strategiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini bosqichmabosqich rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Files

192.Sag‘dullayeva Zuhra Ne’matulla qizi.pdf

Files (2.0 MB)

Name Size
md5:3ff251ed46911af2dc50402b21f8bdc5
2.0 MB Preview Download

Additional details