ANTIBIOTIK REZISTENTLIK: ZAMONAVIY TIBBIYOTNING GLOBAL MUAMMOSI
Authors/Creators
- 1. Toshkent davlat tibbiyot universiteti o'qituvchisi Ilmiy rahbar,Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-Davolash fakulteti 212-A guruh talabasi,1-Davolash fakulteti 308-A guruh talabasi
- 2. Wordly Knowledge Publishing Centre
Description
XX asrda antibiotiklarning kashf etilishi tibbiyot sohasida inqilobiy yutuq bo‘ldi. Penitsillinning Aleksandr Fleming tomonidan topilishi insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, og‘ir bakterial kasalliklarni davolash imkonini berdi. So‘nggi bir asr davomida antibiotiklarning yangi turlari ishlab chiqildi va keng qo‘llanildi. Biroq antibiotiklarning haddan tashqari va nazoratsiz ishlatilishi mikroorganizmlarda dorilarga nisbatan rezistentlikning tez rivojlanishiga olib keldi. Mikroorganizmlar irsiy gen mutatsiyasi yoki o‘z genetik axborotini qayta kodlash orqali yangi adaptatsiya mexanizmlarini hosil qiladi. Antibiotiklar hujayra devori sintezi, oqsil biosintezi, nuklein kislotalar sintezi, metabolik fermentlar faoliyati va membrana strukturasiga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, so‘zak (gonoreya) kabi kasalliklar dorilarga chidamlilikning yuqori darajada rivojlanishi tufayli davolashda katta muammo tug‘dirmoqda. Bu holat antibiotiklarning samaradorligini pasaytiradi va yangi xavfli infeksiyalar paydo bo‘lish xavfini oshiradi.
Files
436-438.pdf
Files
(217.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:5b73a9bc6d5d8e318b413ef99155d2ad
|
217.0 kB | Preview Download |
Additional details
References
- ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK: GLOBAL XAVF VA PROFILAKTIKA YO ʻLLARI | Академические исследования в современной науке
- https://share.google/gOZRxv4YoOvmN1ttX camuf https://share.google/gtYa33YMfUIepVZ5X ANTIBIOTIKLAR VA ULARNING MIKROBLARDA REZISTENTLIK (CHIDAMLILIK) HOSIL QILISHI
- https://share.google/5t47Ome4vVpcOC1Qs camuf.uz/ru/journals/11/anitbiotik-rezistentlikning-molekulyar-mexanizmi
- https://share.google/MuHixOIggWGLqdYt7 https://kun.uz/54577546?q=%2F54577546