Published February 15, 2026 | Version v1

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BIZNES SUBYEKTLARINING HUQUQIY MAQOMI VA JAVOBGARLIGI

  • 1. Toshkent xalqaro universiteti (TIU), talaba
  • 2. Worldly Knowledge Publishing Centre

Description

Mazkur ilmiy maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes subyektlarining huquqiy maqomi va javobgarligi masalalari tahlil qilinadi. Xususan, elektron shartnomalar instituti, elektron imzo va elektron dalillarning isbot kuchi, raqamli platformalar (marketplace va fintech) orqali faoliyat yurituvchi subyektlarning huquqiy maqomi hamda platforma egalarining javobgarligi masalalari milliy va xalqaro huquqiy manbalar asosida o‘rganiladi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, xalqaro tajribadan — Yevropa Ittifoqining eIDAS Reglamenti, BMTning UNCITRAL Model Law hujjatlari hamda Yevropa Ittifoqining Elektron tijorat to‘g‘risidagi Direktivasiga tayanildi. Natijada raqamli platformalar orqali faoliyat yurituvchi subyektlarning aralash (vositachi va mustaqil xo‘jalik yurituvchi) maqomi mavjudligi, javobgarlik chegaralari esa shartnoma va axborot vositachiligi tamoyillariga bog‘liqligi aniqlangan.

Files

254-257.pdf

Files (152.2 kB)

Name Size Download all
md5:e96bf726ffa72b8ac984268e84cc48fa
152.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • UNCTAD. Digital Economy Report 2023. – New York: UN, 2023. – 14-bet.
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron tijorat to'g'risida"gi Qonuni. – 2015-yil, 3, 8-moddalar.
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron hujjat aylanishi to'g'risida"gi Qonuni. – 2004-yil, 5-modda.
  • O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – 1996-yil, 353-modda.
  • O'zbekiston Respublikasi "Elektron raqamli imzo to'g'risida"gi Qonuni. – 2003-yil, 3-modda.