Published June 8, 2026 | Version v1
Journal article Open

TALABALAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MOTIVATSIYANING O'RNI

Authors/Creators

Description

Ushbu maqolada talabalar intellektual salohiyatini shakllantirishda motivatsiyaning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida intellektual salohiyat shaxsning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni egallashi, ularni amaliy faoliyatda qo‘llay olishi hamda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishi bilan belgilanadi. Ushbu jarayonda motivatsiya talabaning o‘quv faoliyatini boshqaruvchi asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada ichki va tashqi motivatsiyaning mazmuni, ularning talabalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va akademik muvaffaqiyatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘z-o‘zini boshqarish, maqsad qo‘yish, o‘quv faoliyatini rejalashtirish hamda pedagogik qo‘llab-quvvatlashning intellektual rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilingan.

Raqamli ta’lim muhiti, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning motivatsiyani kuchaytirishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari talabalarda barqaror motivatsiyani shakllantirish ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini takomillashtirish va kasbiy tayyorgarligini oshirishning muhim sharti ekanligini ko‘rsatadi.

Files

310-316.pdf

Files (654.6 kB)

Name Size Download all
md5:8a10ff0fbff9d6b9e9583f9dd5441905
654.6 kB Preview Download