Published June 4, 2026 | Version v1
Journal article Open

INGLIZ TILINI O'QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI PLATFORMALARNING METODIK AHAMIYATI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanishning metodik asoslari, pedagogik imkoniyatlari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hozirgi raqamlashtirish va globallashuv sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda Google Classroom, Moodle, Kahoot, Quizizz, Duolingo, Zoom va boshqa raqamli platformalarning ingliz tili darslarini tashkil etishdagi o‘rni, ularning interaktiv ta’lim muhitini yaratishdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi metodik xususiyatlari yoritilgan.

Maqolada raqamli platformalar yordamida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilib, multimedia vositalari, elektron resurslar va masofaviy ta’lim texnologiyalarining dars jarayonidagi samaradorligi ochib beriladi.

Shuningdek, zamonaviy platformalardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishi, ta’lim jarayonida individual yondashuvni ta’minlashi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning an’anaviy ta’lim shakllariga nisbatan samaraliroq ekani ilmiy manbalar va metodik qarashlar asosida tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada raqamli ta’limni joriy etish jarayonida uchraydigan texnik, metodik va tashkiliy muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ilmiy-amaliy аҳamiyatга ega.

Files

108-115.pdf

Files (669.8 kB)

Name Size Download all
md5:f6a28976210fb05f69541e7991d886eb
669.8 kB Preview Download