Published April 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

INNOVATSION YONDASHUVLAR ASOSIDA OZIQ-OVQAT KORXONALARIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Description

Mazkur maqolada innovatsion yondashuvlar asosida oziq-ovqat sanoati korxonalarida raqobatbardoshlikni
oshirish mexanizmlari kompleks tarzda tadqiq etiladi. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalar faoliyatiga
innovatsiyalarni joriy etishning ahamiyati, ularning ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot sifati hamda bozor ulushiga
ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Xususan, raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, resurs tejamkor
ishlab chiqarish hamda innovatsion marketing yondashuvlarining korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdagi roli tahlil
qilinadi.
Shuningdek, innovatsion faoliyatni rivojlantirishda investitsion muhit, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari
hamda kadrlar salohiyatining ahamiyati alohida ko‘rib chiqiladi. Maqolada oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion
rivojlanish darajasini baholash iqtisodiy ko‘rsatkichlar va indikatorlar tizimi asosida amalga oshirilgan. Tadqiqot natijasida
innovatsiyalarni samarali joriy etish orqali korxonalarning barqaror rivojlanishini ta’minlash va ularning milliy hamda
xalqaro bozorlardagi raqobat ustunligini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Files

9. Pulatov Abdullo.pdf

Files (2.7 MB)

Name Size Download all
md5:3dd85cdb3efdf95b04f62c2a5d9266b6
2.7 MB Preview Download

Additional details