Published April 7, 2026 | Version v1
Dataset Open

ALKALOZ SHAROITIDA NETOZ (NETS) KUCHAYISHI. MEXANIZMLAR VA KLINIK OQIBATLAR

Description

Neytrofillar — organizmning tug‘ma immun tizimining asosiy hujayralari bo‘lib, ular infeksiyalarga qarshi kurashda bir qancha mexanizmlardan foydalanadi. 2004-yilda kashf etilgan neytrofillarning hujayradan tashqari tuzoqlari (NETs) — bu neytrofillar tomonidan chiqariladigan va mikroorganizmlarni immobilizatsiya qilib, nobud qiluvchi xromatin va granulalar oqsillaridan tashkil topgan strukturalardir. So'nggi o'n yillikdagi tadqiqotlar NEToz jarayoni hujayradan tashqari muhit parametrlariga, xususan pH darajasiga sezgirligini ko'rsatdi. Mazkur maqola alkaloz holatida — ya'ni organizmda ishqoriy muhit ustunlik qilgan sharoitda — NEToz jarayonining kuchayish mexanizmlari va uning klinik oqibatlarini tizimli tahlil qilishga bag'ishlangan. So'nggi o'n yillikdagi ilmiy tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, hujayradan tashqari muhitning ishqoriylashishi neytrofillar ichida sitozolik pH darajasining oshishiga olib keladi. Bu o'z navbatida hujayra ichidagi kaltsiy (Ca²⁺) konsentratsiyasining ko'tarilishi, mitoxondrial reaktiv oksigen metabolitlar (mROS) ishlab chiqarilishining kuchayishi va peptidilarginin deiminaza 4 (PAD4) fermenti faolligining oshishi bilan kechadi. PAD4 fermenti histonlarning sitrullinlanishini katalizlab, xromatin dekondensatsiyasiga va NETlarning chiqarilishiga olib keladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, alkaloz nafaqat spontan NETozni kuchaytiradi, balki turli induktorlar (PMA, ionomitsin, LPS, natriy urat kristallari) ta'sirida yuzaga keladigan NET hosil bo'lish jarayonini ham potensiallashtiradi. Bikarbonat/CO₂ nisbatining oshishi va ishqoriy pH neytrofillarning funksional faolligini o'zgartirib, ularni NETozga moyil holatga keltiradi. Anion kanallari blokatori DIDS yordamida bikarbonat induksiyalangan NETozni kamaytirish mumkinligi bu jarayonda anion transporti muhim rol o'ynashini tasdiqlaydi. Klinik nuqtai nazardan, alkaloz sharoitida NETozning kuchayishi turli patologik holatlarning patogenezida muhim ahamiyat kasb etadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi, qusish bilan kechadigan kasalliklar, gipoventilyatsiya sindromlari va ba'zi endokrin buzilishlarda kuzatiladigan metabolik yoki respirator alkaloz NET hosil bo'lish jarayonini jadallashtirib, autoimmun kasalliklar (tizimli qizil yugurik, revmatoid artrit), trombotik asoratlar va o'pka shikastlanishlarining rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, alkalozning yallig'lanish o'chog'idagi roli murakkab bo'lib, yallig'lanish markazidagi nordon muhit va uning chekka qismlaridagi nisbatan ishqoriy muhot NEToz jarayoniga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Yallig'langan to'qimalarning chekka qismlarida pH darajasi nisbatan yuqori bo'lib, bu NEToz uchun qulay sharoit yaratadi. Alkaloz sharoitida NETozning kuchayishi mexanizmlarini tushunish yangi terapevtik strategiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xususan, pH- sezgir nanozarrachalar, anion kanallari blokatorlari va PAD4 inhibitörleri alkaloz bilan bog'liq patologik sharoitlarda NETozni nazorat qilish uchun potensial vositalar sifatida o'rganilmoqda. Ushbu maqola alkaloz va NEToz o'rtasidagi murakkab munosabatlarni yoritib, ushbu sohada kelajakdagi tadqiqotlar uchun yo'nalishlarni belgilab beradi .

Files

Xalilov Hikmatulla .pdf

Files (726.7 kB)

Name Size Download all
md5:0cf796fb2aa5fa8c69f49557fd009ddc
726.7 kB Preview Download