Boshlang'ich sinflarda tabiiy fanlarni steam asosida o'qitishning interfaol metodlari
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolaning maqsadi boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni STEAM (Science, Technology, Engineering,
Arts, Mathematics) dasturi asosida o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlashdan
iborat. Tadqiqot jarayonida muammoli ta’lim, loyihalash faoliyati, tajriba-amaliy mashg‘ulotlar hamda guruhli hamkorlik kabi
interfaol metodlarning tabiiy fanlar mazmuni bilan integratsiyasi o‘rganildi. Tadqiqot metodologiyasi pedagogik kuzatuv,
dars jarayonini tahlil qilish va o‘quvchilarning amaliy hamda ijodiy faoliyatini baholash usullariga asoslandi. Olingan natijalar
STEAM yondashuviga asoslangan interfaol metodlar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, ularning
tanqidiy fikrlash, muammolarni hal etish va ijodiy yondashuv ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi.
Shuningdek, mazkur metodlar o‘quvchilarning amaliy tajriba orttirishi va bilimlarni real hayot bilan bog‘lash kompetensiyasiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot xulosalari boshlang‘ich sinf tabiiy fan darslarini tashkil etishda STEAM
asosidagi interfaol metodlardan tizimli foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishini tasdiqlaydi hamda o‘qituvchilar uchun
amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Files
6.Aliqarshiyeva Durdona Sharofiddin qizi.pdf
Files
(1.7 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a99a519a9450bc56526d66dbb853def1
|
1.7 MB | Preview Download |