Published January 21, 2026 | Version v1
Dataset Open

MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA TALABALARNING KОGNITIV KОMPETENSIYАSINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Description

Ushbu maqolada multimedia vositalari asosida bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida multimedia texnologiyalaridan samarali foydalanish nafaqat o‘qitish jarayonini interaktivlashtirish, balki talabalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Tadqiqotda turli xil axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), vizual va audio resurslar, interaktiv dasturlar va onlayn platformalar orqali ta’lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada mustaqil fikrlashni shakllantirishning pedagogik yondashuvlari, metodikasi va amaliy tajribalari bayon etilgan. Olingan natijalar multimedia vositalari yordamida texnologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Files

Palvaniyazova Dilbar Ametjanovna.pdf

Files (748.9 kB)

Name Size Download all
md5:6e8e0dc4363ef7988026754a20ce7314
748.9 kB Preview Download