Published January 8, 2026 | Version v1
Dataset Open

TURKIYA TARIXIDAGI MASHXUR AYOLLAR

Description

Mazkur ilmiy maqolada Turkiya tarixida muhim o‘rin tutgan mashhur ayollarning siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi faoliyati keng qamrovda tahlil qilinadi. Tadqiqot Usmonli imperiyasi davridan boshlab zamonaviy Turkiya Respublikasi shakllanishigacha bo‘lgan tarixiy jarayonni o‘z ichiga oladi. Xususan, Hurrem Sulton va Kösem Sulton kabi saroy ayollari davlat boshqaruvida tutgan o‘rni, diplomatik munosabatlarga ko‘rsatgan ta’siri va xayriya faoliyati orqali jamiyat hayotiga qo‘shgan hissasi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Fatma Aliye Hanım, Halide Edib Adıvar va Sabiha Gökçen kabi zamonaviy davr vakillarining ma’rifat, adabiyot, milliy ozodlik harakati va texnik sohalardagi faoliyati tahlil qilinadi. Maqolada ayollarning tarixiy jarayonlardagi roli an’anaviy stereotiplardan xoli holda yondashilib, ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni qayta baholanadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tarixiy-taqqoslash, biografik va manbashunoslik usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar Turkiya tarixida ayollar faqat ijtimoiy hayot ishtirokchisi emas, balki muhim tarixiy subyekt bo‘lganini ko‘rsatadi. Ushbu maqola gender tadqiqotlari, tarix va ijtimoiy fanlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.

Files

Abdullayeva Gulandom Anvarovna.pdf

Files (761.1 kB)

Name Size Download all
md5:e48aa9af87eb4c2f43aadad88c05ad3c
761.1 kB Preview Download