Published January 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

TURIZM OBYEKTLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI

Description

Turizmda innovatsiyalarni boshqarish va loyihalarni boshqarish mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonining
samaradorligi va qulayligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tashkiliy-iqtisodiy omillar hisoblanadi. Turizmda innovatsion
boshqaruv yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda ilg‘or marketing
usullarini joriy etish, shuningdek, innovatsion yechimlarni shakllantirish maqsadida turli kompaniya va tashkilotlar bilan
samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Turizm loyihalarini boshqarish esa yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish, infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda
yirik turistik tadbirlarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarda loyihalarni rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va nazorat
qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Mazkur yondashuvlar turizm sohasining barqaror rivojlanishiga, raqobatbardoshligini
oshirishga va xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi

Files

5. Toshtemirov Xojiakbar Qahramon o‘g‘li.pdf

Files (3.1 MB)

Additional details