Published November 10, 2025 | Version v1
Publication Open

LEGAL TECHNI JORIY ETISH: YURIDIK FIRMALARDA O'ZGARISHLARNI BOSHQARISH

Description

Annotatsiya: Ushbu tadqiqot Legal Tech ya'ni yuridik texnologiyalarni yuridik firmalarda joriy etish jarayonida o‘zgarishlarni boshqarish mexanizmlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada yuridik sohada raqamli texnologiyalarni tatbiq etishning ahamiyati, yuridik xizmatlarni avtomatlashtirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari va bu o‘zgarishlarning tashkilot madaniyati hamda boshqaruv tizimiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan ilgari surilgan ilmiy yondashuvlar tahlil qilinib, ularning Legal Tech rivojiga oid qarashlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Legal Tech vositalarini samarali joriy etish yuridik firmalarning boshqaruv tizimini takomillashtiradi, xizmat sifatini oshiradi, mijozlar bilan munosabatlarni soddalashtiradi va ish unumdorligini oshiradi. Shu bilan birga, texnik infratuzilmaning yetishmasligi, xodimlarning texnologik ko‘nikmalari pastligi, ma’lumotlar xavfsizligiga oid xavotirlar va moliyaviy to‘siqlar Legal Techni keng joriy etishda asosiy muammolar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Maqola yakunida yuridik firmalarda Legal Techni samarali tatbiq etish uchun nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Nazariy tavsiyalar o‘zgarishlarni boshqarishning konseptual modeliga asoslanadi, amaliy tavsiyalar esa yuridik firmalarda texnologik innovatsiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish, xodimlarni tayyorlash, raqamli infratuzilmani mustahkamlash va texnik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari yuridik firmalarda innovatsion boshqaruv tizimini shakllantirish, raqamli o‘zgarishlarga moslashish va huquqiy xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

         Kalit so’zlar: Legal Tech, yuridik firmalar, o’zgarishlarni boshqarish, raqamlashtirish, innovatsiya, huquqiy texnologiyalar, boshqaruv modeli, amaliy tavsiyalar, samaradorlik.

Files

27-42.pdf

Files (836.6 kB)

Name Size Download all
md5:c6308352b8d5a182a416ccdfa6503652
836.6 kB Preview Download