O'ZBEKISTON SHAROITIDA XIZMATLAR EKSPORTINING IQTISODIY O'SISHGA TA'SIRI
Description
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida xizmatlar eksportining mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ko‘rsatadigan
bevosita va bilvosita ta’siri keng qamrovda tahlil qilingan. Xizmatlar sohasi iqtisodiyotning diversifikatsiyasini ta’minlovchi,
yuqori qo‘shimcha qiymat yaratuvchi va yangi ish o‘rinlari shakllanishini rag‘batlantiruvchi muhim yo‘nalish sifatida
ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda xizmatlar eksportining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi savdo balansiga ta’siri hamda
mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishdagi o‘rni iqtisodiy-statistik usullar yordamida tahlil etilgan. Shuningdek, raqamli
texnologiyalar, transport-logistika infratuzilmasi va normativ-huquqiy muhitning takomillashuvi eksport salohiyatini
kengaytiruvchi asosiy omillar sifatida e’tirof etiladi. Xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekiston uchun xizmatlar
eksportini rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari, jumladan, turizm, axborot texnologiyalari, moliyaviy va ta’lim xizmatlarini
xalqaro bozorlarga chiqarish mexanizmlari taklif etilgan. Maqolada xizmatlar sektorining barqaror iqtisodiy o‘sishga
qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan
Files
4_Sultonov_Shodiyor_Abduxalilovich,_Karshiyeva_Charos_Mamasoliyevna.pdf
Files
(2.0 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:62d9db1e6f244c5763fbec0396e25f84
|
2.0 MB | Preview Download |