CHORVACHILIK MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARISH VA EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHDA BOZOR INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY OMILLARI
Description
Maqolada chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirishda bozor infratuzilmasini
rivojlantirishning iqtisodiy omillari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda ichki va tashqi bozorlarda chorvachilik mahsulotlariga
bo‘lgan talab o‘sishining mintaqaviy iqtisodiyotga ta’siri, ishlab chiqarish klasterlari samaradorligi, logistika tizimining roli
va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish mexanizmlarining ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Bozor infratuzilmasining tarkibiy
elementlari — agrologistika markazlari, qayta ishlash korxonalari, kredit-moliya institutlari va marketing tarmoqlari —
chorvachilik mahsulotlari qiymat zanjirini kengaytiruvchi asosiy drayverlar sifatida baholanadi. Shu bilan birga, eksport
salohiyatini oshirish uchun xalqaro standartlar va sertifikatlash tizimlarini joriy etish, mahsulot sifatini boshqarish hamda
davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Namangan viloyati misolida 2017–2024
yillar statistik ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, chorvachilik mahsulotlari bozorini modernizatsiya qilishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
Files
2. Soxadaliyev Abdurashid Mamadaliyevich.pdf
Files
(2.1 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:5f12a7f314a5c2d850fccc9fb91b14f8
|
2.1 MB | Preview Download |